

- “Neftchi” bilan azaldan o'zaro hisob-kitobimiz bor edi. Yaxshi hamki, bu gal ilk marotaba Farg'onadan zafar bilan qaytishga muvaffaq bo'ldik. Albatta bu kabi qiyin g'alaba bizga o'z kuchimizga ishonchni yanada oshishiga hamda turnir jadvalida yuqoriroq o'rinlarni egallashimizga umid baxsh etdi.
Qolaversa, Buxorodan uzoq yo'l bosib, bizni qo'llash uchun kelgan muxlislar daldasi ham kuchimizga kuch qo'shdi. Ana shunday fidoyi muxlislar borligi uchun ham g'alaba qozonmasak bo'lmasdi.
"Buxoro" matbuot xizmati



