Janubiy Koreyaning yangi murabbiyi ma'lum bo'ldi

Оқил Абдубарноев
27 fev 2024, 23:29
Janubiy Koreya futbol assotsiatsiyasi Son Xong Xvanni terma jamoani bahorda bo'lib o'tadigan o'yinlarga vaqtinchalik bosh murabbiy etib tayinladi.

Son Xong Xvan hozirga qadar Janubiy Koreyaning 23 yoshgacha bo'lgan termasini boshqarib kelayotgandi. U Osiyo kubogida qoniqarsiz ishtirok ishtirok uchun bo'shatilgan Yurgen Klinsmann o'rnini egalladi.

Janubiy Koreya JCH-2026 saralash bosqichi doirasida aprel oyida Tailand bilan bellashadi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Жанубий Корея футбол ассоциацияси