Jaloliddin Masharipov: "O'zimning sobiq jamoalarimga qarshi o'ynaydigan bo'ldim"

Абдулвосит Бектемиров
16 avg 2024, 20:33
Tehronning "Istiqlol" klubi futbolchisi Jaloliddin Masharipov OFK Elit chempionlari ligasi qur'a natijalari haqida fikr bildirdi.

"O'zimning sobiq jamoalarimga qarshi o'ynaydigan bo'ldim. Juda ham qiziqarli o'yinlar bo'ladi deb o'ylayman. O'zim uchun bunday o'yinlar qiziq.mYAngi mavsumda "Istiqlol" bilan katta maqsadlarga erishishni maqsad qilganman. O'zimizning eng yaxshi o'yinlarimizni ko'rsatamiz. Maqsadimiz muxlislarni xursand qilish" - deya fikr bildirdi terma jamoamiz va Tehronning "Istiqlol" klubi futbolchisi Jaloliddin Masharipov. 

Eslatib o'tamiz, Jaloliddin Masharipov to'p surayotgan "Istiqlol" klubi Elit chempionlar ligasi doirasida "Paxtakor"(O'zbekiston), "Al-G'arafa"(Qatar), "Al-Ahli"(Saudiya Arabistoni), "Al-Hilol"(Saudiya Arabistoni), "Al-Nasr"(Saudiya Arabistoni), "Al-Shorta"(Iroq), "Al-Sadd"(Qatar), "Al-Rayan"(Qatar) kabi klublari bilan to'qnash kelishadi.


O'xshash yangiliklar


Абдулвосит БектемировMuallif
Manba: championat.asia