"Yuventus" yarim himoyachisi "Manchester Yunayted"ga erkin agent sifatida kelishi mumkin

Alisher
15 may 2023, 10:19
“Manchester Yunayted” yana Adrian Raboga qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi LʼEquipe.

 “Qizil iblislar” o'tgan yozda Fransiyalik futbolchini qo'lga kiritishga yaqin turgandi, biroq keyin kelishuv amalga oshmay qoldi. Endi vaziyat o'zgardi. Adrian Rabo “Yuventus” bilan shartnomasini uzaytirmaydi va yozda erkin agentga aylanadi. 

Endi MYU faqatgina futbolchini rozi qilsa bo'lgani. Qolaversa, allaqachon “qizil iblislar” bosh murabbiyi Erik ten Xag transfer bo'yicha futbolchi bilan gaplashishga ham ulgurgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.com