Jahon chempionatlari tarixida mezbon 6-marta yirik hisobda mag'lub bo'ldi

Xayrulla Xoliqov
25 iyun 2018, 21:46
JCH-2018 guruh bosqichidan o'rin olgan Rossiya - Urugvay bahsida ruslar yirik hisobda imkoniyatni boy berishdi.

Bu o'yinda Urugvay 3:0 hisobidagi g'alabani qo'lga kiritdi va guruhda birinchi o'rinni holda keyingi bosqichga yo'l oldi. Statistikaga murojaat qiladigan bo'lsak, jahon chempionatlari tarixida mezbon jamoa oltinchi marta yirik hisobda mag'lubiyatga uchradi.

Bungacha Braziliya - Gollandiya 0:3 (2014), JAR - Urugvay 0:3 (2010), Meksika - Italiya 1:4 (1970), Shvetsiya - Braziliya 2:5 (1958) va Braziliya - Germaniya 1:7 (2014) o'yinlarida yirik hisob qayd etilgandi. Mana endi Rossiya - Urugvay 0:3 bahsi ham ushbu ro'yxatga kirdi.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia