Javohir Sidiqovga Yevropaning qaysi chempionatlaridan taklif bo'lgan?

Aslanov Jasurbek
4 iyun 2021, 14:00
Turli yoshdagi terma jamoalarimizning Jahon chempioantlaridagi ishtirokidan so'ng futbolchilarimizga xorij jamoalaridan takliflar, qiziqishlar bo'ladi.

Kuni kecha saytimiz mehmoni bo'lgan Javohir Sidiqov intervyu davomida o'ziga bo'lgan takliflar xususida shunday fikr bildirdi. 

"Bunday takliflar juda ko'p bo'lgan. Qaysi klublardan ekanligi asosan sir tutiladi. Masalan arab, koreya mamlakatidan, Yevropaning oddiyroq chempionatlaridan taklif kelib tushgan. Deylik Gretsiya, Rossiya va hokazo. Lekin jamoalar nomini aytishmagan. Agentlar aloqaga chiqishganda takidlashgandi. Ayrim pallalarda o'zimni tayyor emas, deb hisoblaganman. Keyinchalik jarohat pand bergan. Jarohatdan so'ng ketgan taqdirimda ham, ortga qaytishni emas, oldinga intilishni o'ylaganman. Maqsadim Yevropaga yo'l olish. Maosh qiziqtirayotgani yo'q. Hali o'sishni emas, sharoitni tanlaydigan fursat keladi",- deydi Sidiqov.

To'liq intervyuni quyida tomosha qilishingiz mumkin



O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia