Jahon chempionati har ikki yilda o'tkazilishi mumkin

Aslanov Jasurbek
24 noya 2018, 15:45
Janubiy Amerika futbol kofederatsiyasi (KONMEBOL) prezidenti Alexandro Domingesning so'zlariga ko'ra, u boshqarayotgan tashkilot FIFAga jahon chempionatini har ikki yilda o'tkazish taklifini bergan.

"Biz bu g'oyani qo'llab-quvvatlaymiz. Millatlar ligasi o'rniga har yili turnir o'tkazishimiz mumkin. Jahon chempionati - hamma ishtirok eta oladigan musobaqa. Agar mundial o'tadigan vaqtni o'zgartirsak, futbolchilar faoliyati davomida 4 marta JCHda ishtirok etishi mumkin.

Buning ilojisi bor va shu sababli FIFAga taklif bilan chiqdi. Bu federatsiyalarga ko'proq pul olib kelishi mumkin" - deydi Dominges.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Independent