Jahon chempionati-2022 bir kun ilgari boshlanishi mumkin

Оқил Абдубарноев
10 avg 2022, 19:47
2022-yilgi jahon chempionati Qatarning ochilish o'yinida ishtirok etishi uchun bir kun erta boshlanishi mumkin.

"The Athletic" nashrining yozishicha, FIFA 2022-yilgi jahon chempionati mezboni Qatarning ochilish o'yinida maydonga tushishi uchun musobaqaning boshlanish sanasini o'zgartirishi mumkin. Avvalroq jahon chempionati 21 noyabr kuni Senegal – Niderlandiya uchrashuvi bilan boshlanishi rejalashtirilgandi.

Ushbu g'oya qo'llab-quvvatlanib, mundialning boshlanishi 20-noyabrga ko'chirilishi kutilmoqda. 

Eslatib o'tamiz, musobaqa 18-dekabr kuni yakunlanadi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: The Athletic