ITAR-TASS muxbiri Qosimovning Janubiy Koreya borasidagi fikri bilan qiziqdi

Narzulla Saydullayev
17 iyun 2014, 18:45
Jahon chempionatining 1-turidan o'rin olgan so'nggi o'yinlardan biri Rossiya bilan Janubiy Koreya uchrashuvi juda katta ishtiyoq bilan kutilmoqda.
ITAR-TASS muxbiri O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimovning bu boradagi fikrlari bilan qiziqdi.

- Janubiy Koreyaning kuchli tomoni - puxta tayyorgarlik va o'yinni yaxshi tashkil qilishida, deb bilaman. Bu gaplar hozirgi holatga ham tegishli. Koreyaliklar raqibga qarshi qattiq bosim uyushtirishadi va ularga imkon bermaslikka urinishadi. Rossiya terma jamoasi to'pni nazorat qilib, raqibni yugurtirishga harakat qilsa, muvaffaqiyat qozonadi. Rossiya tarkibida texnik va aqliy jihatdan kuchli futbolchilar etarlicha, - dedi Qosimov.

- Termamiz bilan o'yinda Koreya safida koreyalik Krauch laqabini olgan Kim Shin Vuk esda qolgan, - deya davom etdi murabbiy. - Shuningdek, 2012 yilda Osiyoning eng yaxshi futbolchisi bo'lgan Li Kyun Xoning o'yini ham yoqadi. Himoya esa, garchi Yevropada o'ynaydigan legionerlar bo'lsa ham, koreyslarning muammosidir.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: daryo.uz