

Simone Inzagi shogirdlari Saudiya Arabistonida o'tkazilgan o'yinda "Milan"ni 3:0 hisobida mag'lub etdi.
"Inter" Italiya Superkubogida g'alaba qozonish bo'yicha "Milan"ga yetib oldi. Hamshaharlarning har ikkisida ham 7 tadan bunday sovrin bor.
Faqatgina "Yuventus" bu borada ulardan yaxshiroq natija qayd etgan. Turinliklar ushbu sovrinni 9 marotaba qo'lga kiritishgan.


