“Yuventus” “Milan” darvozasiga javobsiz 4 ta gol urib, Italiya kubogini qo'lga kiritdi

10 may 2018, 02:05
Italiya kubogi finalida “Yuventus” “Milan” bilan kurashdi.

Italiya kubogi bu yil ham “Yuventus”ga nasib etdi. Turinliklar finalda “Milan” darvozasini javobsiz 4 marta ishg'ol etdi. Himoyachi Mexdi Benatiya ikkita gol urgan bo'lsa, yana bir gol Duglas Kosta, so'nggi gol esa Kalinich tomonidan avtogol sifatida “Milan” darvozasidan joy oldi.

“Yuventus” - “Milan” 4:0

Gollar: 1:0 – 56 Benatiya, 2:0 – 61 Duglas Kosta, 3:0 – 64 Benatiya, 4:0 – 76, avtogol Kalinich.

“Yuventus”: Buffon, Kuadrado, Bardzali, Benatiya, Matyuidi, Asamoa, Xedira, Pyanich (Markizio, 87), Duglas Kosta (Bernardeski, 73), Dibala (Iguain, 83), Mandjukich.

“Milan”: Donnarumma, Bonuchchi, Rodriges, Kalabriya, Romanoli, Bonaventura, Lokatelli (Montolivo, 80), Chalxanoglu, Kessie, Suso (Borini, 68), Kutrone (Kalinich, 62).

Ogohlantirishlar: Duglas Kosta (61), Kalabriya (73).

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.asia