Italiya chempionati. “Inter” g'alaba qozondi va peshqadamga aylandi

25 okt 2017, 01:52
Italiya A seriyasining 10-turiga start berildi.

Turning ilk o'yinida “Inter” Milanda “Sampdoriya”ni qiyinchilik bilan mag'lub etdi (3:2) va  A seriya turnir jadvalida peshqadamga aylandi. O'yinda mezbonla safida Mauro Ikardi “dubl”ga erishgan bo'lsa, yana bir gol Milan Shkrinyar hisobiga yozildi. Mehmonlar safida Davil Kovnacki va Fabio Kvalyarella gol muvaffaqiyat qozondi.

Ushbu g'alabadan keyin “Inter” ochkolari soni 26 taga etdi va ular endi chempionat karvonboshisiga aylanishdi. Ikkinchi pog'onada borayotgan “Napoli” hisobida 25 ochko mavjud. Ammo neapolliklar “Inter”dan bitta kam o'yin o'tkazishgan.

Italiya chempionati.

10- tur

Inter – Sampdoriya 3:2 (2:0, 1:2)

Gollar: 1:0 – 18 Shkrinyar, 2:0 – 32 Ikardi, 3:0 – 54 Ikardi, 3:1 – 64 Kovnacki, 3:2 – 85 Kualyarella.

Inter – Xandanovich, Shkrinyar, Nagatomo (Santon, 84), D`Ambrozio, Miranda, Vesino (Joau Mariu, 74), Galyardini, Valero, Kandreva, Perishich, Ikardi (Eder, 87).

Sampdoriya –Pujoni, Silvestre, Murru, Bereshinski, Ferrari, Prat, Torreyra, Ramires (Kaprari, 46), Barreto (Linetti, 66), Sapata (Kovnacki, 57), Kualyarella.

Ogohlantirish:Murru (61), Kualyarella (85), Galyardini (88), Eder (90).


O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia