Italiya A seriyasi. Ikardi durangga rozi bo'lmadi

22 okt 2018, 01:44
Italiya A seriyasi 9-turining markaziy uchrashuvida ishqibozlar Milan “derbi”siga guvoh bo'lishdi.

Murosasiz kechgan bellashuv durang bilan yakuniga etayotgan bir paytda “Inter” sardori Mauro Ikardi uchrashuvning hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarida “Milan” darvozasini ishg'ol etib, o'yin qahramoniga aylandi.

Shu tariqa “Inter” A seriyada qatorasiga beshta g'alabani qo'lga kiritgan bo'lsa, “Milan”ning olti uchrashuvdan iborat mag'lubiyatsiz seriyasiga chek qo'yildi.

Inter – Milan 1:0 (0:0, 1:0)

Gol:1:0 – 90 Ikardi.

Inter – Xandanovich, Shkrinyar, de Vrey, Vrsalko, Asamoa, Nainggolan (Valero, 30), Vesino, Perishich (Keyta Balde, 70), Brozovich, Politano (Kandreva, 82), Ikardi.

Milan –Donnarumma, Musakko, Rodriges, Kalabriya (Abate, 90), Romanoli, Bonaventura, Bigliya, Chalxanoglu (Kutrone, 74), Kessie (Bakayoko, 84), Suso, Iguain.

Ogohlantirish:Bigliya (20), Chalxanoglu (44), Kalabriya (45), Suso (61), Politano (75), Bakayoko (90), Keyta Balde (90).

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia