Isroil Messini ko'rish uchun 3 mln. dollar to'laydi

Aslanov Jasurbek
1 mar 2018, 10:29
Argentina terma jamoasi 9 iyun kuni Isroilda o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish shartlari ma'lum bo'ldi.

Argentina o'yinni Isroilda o'tkazishga rozilik bo'lsa, bahs bo'ladigan mamlakat futbol federatsiyasi 3 mln. dollar to'laydi.

Argentinaliklar uchrashuvda Lionel Messidan foydalanishmoqchi. Hujumchi maydonda kamida 60 daqiqa to'p tepadi.

Eslatib o'tamiz, Argentina terma jamoasi JCH-2018da "D" guruhida ishtirok etadi. Ular keyingi bosqich uchun Islandiya, Xorvatiya va Nigeriya bilan kurash olib borishadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com