Ispaniya terma jamoasi muxlislari del Boskening iste'fosini talab qilishmoqda

Narzulla Saydullayev
20 iyun 2014, 12:24
Ispaniyaning “Marca” gazetasi o'z o'quvchilari orasida Ispaniya terma jamoasida qanday o'zgarishlar amalga oshirish to'g'risida so'rov o'tkazdi.
Gap bosh murabbiy Visente del Boske haqida edi.

So'rovning natijalariga ko'ra 68,58 foiz muxlis amaldagi jahon va Yevropa chempionlari ustozining iste'fosini talab qilishmoqda. Futbolchilar orasidan esa Xavi (94,2 foiz), hujumchi David Vilya (91,1 foiz) va Fernando Torres (89,9  foiz) ketishini xohlashgan.

So'rovda 150 mingga yaqin kishi ishtirok etgan.

Eslatib o'tamiz, ispanlar mundial guruh bosqichida ikki mag'lubiyatga uchrab pley-off yo'llanmasini qo'lga kirita olishmadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.com