

Ispaniya terma jamoasi va klublarining g'alabali seriyasi 2002 yil “Real”ning Chempionlar ligasi finalida Germaniyaning “Bayer” jamoasi ustidan qozonilgan g'alabasidan (2:1) so'ng boshlangan.
Ispaniya vakillarining so'nggi mag'lubiyati 2001 yilgi Chempionlar ligasi finalidan o'rin olgan "Valensiya" - "Bavariya" (Germaniya) uchrashuvida qayd etilgan. Italiyaning Milan shahrida o'tkazilgan uchrashuvning asosiy va qo'shimcha vaqti 1:1 hisobida yakunlangan. Penaltilar seriyasida esa Myunxen klubi aniqroq harakat qilgan - 5:4.
Eslatib o'tamiz, Ispaniya terma jamoasi Germaniyada bo'lib o'tgan EVRO-2024 finalida Angliyani 2:1 hisobida mag'lub etdi.



