
Ma'lumotlarga ko'ra, bu mablag' 2010 yilda Gaitida sodir bo'lgan zilziladan so'ng ushbu mamlakat bolalariga yordam berish maqsadida futbol maktablari ochish uchun safrlanishi kerak edi. Ammo bu pullarning qaerga ketgani noma'lum, maktab esa ochilmadi. Loyihada ishtirok etishi kerak bo'lgan murabbiylar hech qachon Gaitiga borishmagan. Ushbu ish bo'yicha shartnomaga imzo chekkan Gaiti hukumati bu borada boshqa hech narsa eshitishmagan.
2010 yil Gaiti orolida yirik zilzila ro'y bergan. Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, o'sha tabbiy ofat oqibatida 222 ming kishi olamdan ko'z yumgan, 311 ming kishi turli darajadagi jarohat olgan, izsiz yo'qolgan insonlarning soni 869 nafarni tashkil etgan.