Islom Ismoilov: "G'alabani katta yoki kichigi bo'lmaydi. Barchasining zamirida mehnat yotadi"

Mirjalol Normatov
15 avg 2023, 21:40
O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi bugun Mirabror Usmonov Cup-2023 musobaqasida so'nggi uchrashuvini Chernogoriyaga qarshi o'tkazdi.

Hal qiluvchi bahsda vakillarimiz yevropalik tengqurlarini 6:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi va bosh sovringa ega chiqdi. Uchrashuvdan so'ng terma jamoa ustozi Islom Ismoilovning fikrlarini tingladik. 

"Birinchi navbatda barcha yurtdoshlarimizni g'alaba bilan tabriklayman. G'alabani katta yoki kichigi bo'lmaydi. Barcha g'alabalar zamirida katta mehnat yotadi. Musobaqaga etarli darajada tayyorgarlik ko'rdik va bu o'z samarasini berdi. 

Bu terma jamoa yig'ilganiga 2 yil ham bo'lgani yo'q. Bir qator xalqaro o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushdik. Bo'lajak turnirlar oldidan bu foydali, bo'ldi deb o'ylayman. 

Jamshidbek Rustamovni kelajagi porloq. Bu yoshda o'tish davri, shu bois to'xtab qolmasligi kerak. Oldimizda turgan asosiy musobaqalarda ham o'zining gollari bilan yordam bersa, xursand bo'lamiz", - deydi Islom Ismoilov.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia