Isko "Ayaks"ga qarshi bahs oldidan "Real" avtobusiga chiqishni istamadi

Aslanov Jasurbek
6 mar 2019, 15:56
"Real" yarim himoyachisi Isko "Ayaks"ga qarshi Chempionlar ligasi 1/8 final javob o'yini qaydnomasiga kiritilmaganidan xafa bo'ldi.

Bosh murabbiy Santyago Solari o'yin uchun qaydnomani e'lon qilganida, Isko murabbiydan norozi bo'ldi. U jamoa bilan avtobusga chiqishni istamadi va klub bazasini o'z mashinasida tark etdi.

Taxminlarga ko'ra, u "Ayaks"ga qarshi bahs uchun stadionga ham kelmagan. Uni jarohatlangan yoki tarkibga kiritilmagan futbolchilar o'tiradigan joyda ko'rishmadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca