Iroqqa qarshi o'yin uchun O'zbekiston U-20 terma jamoasiga chaqirilgan futbolchilar ro'yxati ma'lum

Omonjon To`xtamirzayev
8 noya 2024, 09:50
O'zbekiston U-20 terma jamoasi 11 noyabr kuni Toshkentda navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inlariga kirishadi.

Yoshlarimiz 15 va 18 noyabr kunlari Iroq U-20 terma jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvlarida maydonga tushishadi.

Farhod Nishonov tomonidan ushbu yig'inga jalb etilgan fubolchilarning ro'yxati bilan tanishing.


Darvozabonlar: Muratbaev, Murkaev, Sobirov;

Himoyachilar: Zohidov, Abdullaev, Rizaqulov, Fayzullaev, Tulqunbekov, Hamidov, Jumatov, Murtozaev;

Yarim himoyachilar: Xayrullaev, Fomin, Reimov, O'rinboev, Karimov, Tuxsanov, Sharipov, Komilov, Usmonov;

Hujumchilar: Saidnurullaev, Ibraimov, Jumaev, Shodiboev, Haydarov, Saidov.

Bosh murabbiy: Farhod Nishonov 


 

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати