"International Champions Cup"da Manchester derbisi bo'lib o'tdi. Lukaku o'zining navbatdagi golini urdi (foto+video)

Aslanov Jasurbek
21 iyul 2017, 11:25
AQSHda bo'lib o'tayotgan Xalqaro Chempionlar Kubogida "Manchester Yunayted" hamda "Manchester Siti" o'rtasida turnirning navbatdagi bahsi bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda 2 ta gol urildi. Ikkala gol ham birinchi bo'limda amalga oshdi. 37-daqiqada Romelu Lukaku hisobni ochgan bo'lsa, 39-daqiqada Markus Rashford hisobni 2:0ga etkazdi.

"Manchester Siti" – "Manchester Yunayted" 0:2

Gollar: 0:1 – Lukaku (37), 0:2 – Reshford (39).

"MANCHESTER SITI": Ederson, Adarabiyo (Otamendi, 46) Kompani (Stounz, 46), Fernandino, Uoker, Ture (Mangalya, 46), Foden (Zinchenko, 75), de Bryuyne (Nasri, 46), Sterling (Sane, 46), Aguero (Jezus, 46), Roberts (Dias, 46).

"MANCHESTER YUNAYTED": De Xea (Romero, 46), Valensiya (Fosu-Mensa, 77), Lindelef (Djons, 46) Smolling (Bayi, 46), Blind (Darmian, 46), Errera (Kerrik, 63), Pogba, Reshford (Marsyal, 63), Mxitaryan (Fellayni, 63), Lingard (Pereyra, 77), Lukaku.

Uchrashuvda kiritilgan gollarni tomosha qiling: TELEGRAM



Bahsda to'pni birinchi bo'lib amerikalik xonanda Dreyk tepib berdi



O'yin boshlanishidan avval ishqibozlar telefon chiroqlari yordamida go'zal manzara hosil qilishdi



"Shaharliklar" ustozi Xosep Gvardiola mag'lubiyatdan uyalib qoldi



Joze Mourinyo esa bu g'alabani oddiy qabul qildi



O'yin yakunlanishi bilan maydonga muxlis tushib keldi



Biroq "buzoqning yugurgani somonxonagacha"

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia