“Inter” Vidal uchun 12 million evro to'lashga tayyor

24 dek 2019, 22:37
“Barselona” yarim himoyachisi Arturo Vidal qishki transfer oynasi vaqtida boshqa jamoaga o'tishi mumkin, deya xabar bermoqda Tuttosport.

Manbaning ma'lum qilishicha, Milanning “Inter” klubi chililik futbolchi uchun “Barselona”ga 12 million evro berishga tayyor. Ammo kataloniyaliklar 20 million evrodan kamiga futbolchini sotmoqchi emas. Takidlanishicha, klublar 32 yoshli yarim himoyachining ijarasi bo'yicha muzokara olib borishoqda. Ilgariroq futbolchining xizmatlariga “Manchester Yunayted” qiziqayotganligi haqida ham xabarlar chiqqandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Tuttosport