“Inter” va MYU futbolchi almashtirishi mumkin

24 iyul 2020, 09:52
Gap Sanches va Perishich haqida.

Qayd etilishicha, “Manchester Yunayted” hamda “Inter” futbolchi almashtirish borasida muzokara olib bormoqda. Milanliklar MYUdan ijaraga olingan Aleksis Sanchesni klubda olib qolish niyatida. Ammo klub uni sotib olish imkoniyatiga ega emas. Shu boisdan “Inter” Sanchesni ayni damda “Bavariya”ga ijaraga berilgan Ivan Perishichga almashtirish niyatida. “Qizil iblislar” bir necha yil oldin Ivan Perishichga jiddiy qiziqish bildirgandi. Ma'lum bo'lishicha, Ivanning xizmatlariga “Everton”dan ham jiddiy qiziqish bor.

O'xshash yangiliklar


Manba: Transfer News