"Inter" Tyuramni transfer qilishga yaqin

Alisher
21 avg 2021, 13:36
Gladbaxning "Borussiya" klubi forvardi Markus Tyuram Italiya chempionatiga yo'l olishga yaqin.

Nemis tomoni o'z talablarini pasaytirdi va o'yinchini "Inter"ga 25 million evroga sotishga rozi bo'ldi. Tomonlar o'rtasidagi muzokaralar yakuniy bosqichda.

Tyuram Myonxengladbax jamoasida 2019 yildan beri o'ynaydi. U Germaniyaga "Gengam"dan kelgandi. Transfer esa 9 mln evroni tashkil etgan.

24 yoshli fransiyalik hujumchi o'tgan mavsum Bundesliga doirasidagi 29ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports