"Inter" tez orada Eriksen bilan rasman shartnoma bekor qilinganini e'lon qiladi

Alisher
17 dek 2021, 11:48
"Inter" va yarim himoyachi Kristian Eriksen o'zaro kelishgan holda shartnomani bekor qilishga kelishib olishdi.

Tomonlar bu qarorga 29 yoshli daniyalik futbolchi Italiya chempionatida kardioverter-defibrillyator bilan ishtirok etolmasligi ma'lum bo'lgach kelishdi.

"Inter" tez orada futbolchi bilan rasman shartnoma bekor qilinganini e'lon qiladi.

Eslatib o'tamiz, yarim himoyachining "Inter" bilan shartnomasi 2024 yilning iyun oyi so'nggiga qadar mo'ljallangan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano