“Inter” sobiq himoyachisi: “MYU Lukakuning qadriga yetmadi”

Eldor Akmurzayev
10 may 2020, 21:55
Kolumbiyalik futbolchi Ivan Kordobaning fikricha, “Manchester Yunayted” hujumchi Romelu Lukakuni sotib yuborib xatolikka yo'l qo'ygan.

“Lukaku – yuqori saviyali o'yinchi. “Manchester Yunayted” uning qobilayatini to'liq anglay olmadi, o'tgan mavsum ishlari yurishmadi. Nazarimda, Lukaku barcha champion ekanligini isbotlamoqda.

Premer-liga uni kuchliroq qildi. Romelu bilan uchrashgandim, u yetakchi va kiyim almashtirish xonasini yuqori kayfiyatda ushlab turadi. MYU Lukakuni sotib yuborgani esa achinarli, ammo “Inter” uni qo'lga kiritganidan xursandman”, deydi Kordoba.

Belgiyalik hujumchi joriy mavsum "neradzurrilar" tarkibida 35ta o'yin o'tkazib, 23+5 natijaga erishdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Daily Mail