"Real" Rodrini sotib olishi mumkin

Alisher Ostonov
3 yanv 2026
Madridning "Real" klubi "Manchester Siti"ning 29 yoshli ispaniyalik yarim himoyachisi Rodri bilan shartnoma tuzish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.

Muzokaralar yozda, futbolchining "shaharliklar" bilan shartnomasi tugashiga bir yil qolganda boshlanishi rejalashtirilgan.

"Real" Rodrining ingliz klubi bilan yangi shartnoma imzolamasligiga umid qilmoqda. Bu holatda "Manchester Siti" Rodrini 2027 yilda erkin agent sifatida tekinga qo'yib yubormaslik uchun uni sotib yuborishga harakat qiladi.

Rodri 2019 yilda "Atletiko"dan "Manchester Siti"ga o'tgan edi. Futbolchi joriy mavsumda jarohat tufayli APLda atigi 7ta o'yin o'tkazdi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: marca.com