"Inter" "qariya" o'yinchilaridan biri bilan shartnomani bekor qilishga qaror qildi

Alisher
24 yanv 2022, 12:40
Milanning "Inter" klubi 36 yoshli serbiyalik himoyachi Aleksandr Kolarov borasida qaror qabul qildi.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, tomonlar muzokaralar o'tkazishdi va mehnat shartnomasini erta yakunlash borasida kelishuvga erishishdi.

Oldinroq xabar berilganidek, tajribali futbolchi faoliyatini yakunlash haqida o'ylamoqda. U "Inter" safida 2020 yilning sentyabridan beri o'ynaydi. Kolarovning mehnat shartnomasi shu yilning yozida yakuniga etadi.

Aleksandr joriy mavsum Italiya chempionati doirasidagi 3ta o'yinda maydonga tushdi.



O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira