"Inter" Perishich uchun MYUdan 55 million evro talab qilmoqda

Tolibjon Qosimov
17 iyun 2017, 11:18
"ESPN"ning ma'lum qilishicha, Milanning "Inter" klubi Angliyaning "Manchester Yunayted" jamoasidan hujumkor yarim himoyachi Ivan Perishich uchun 55 million evro talab qilmoqda.

O'z navbatida, "mankunianlar" futbolchiga 40 million evro va o'yiniga qarab bonuslar taklif qilmoqda.

Eslatib o'tamiz, aynan Perishich manchesterliklar bosh murabbiyi Joze Mourinyoning ro'yxatidagi 4 o'yinchidan biri hisoblanadi.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: ESPN