“Inter” Nike bilan 10 yilga mo'ljallangan 200 mln. evrolik yangi shartnoma imzoladi

27 avg 2013, 14:16
“Inter” klubi Nike sport kompaniyasi bilan yangi uzoq muddatli shartnoma imzoladi, deb xabar beradi klub rasmiy sayti.

Amaldagi shartnomaning tugashiga hali 3 yil bo'lsada, “Inter” mazkur kompaniya bilan yana 10 yilga mo'ljallangan shartnoma imzoladi.

Shartnoma shartlariga ko'ra, “Inter” har mavsumda taxminan 20 mln. evro daromad ko'rishi kerak.

Bundan tashqari klubning musobaqalarda yaxshi ishtirok etganligi uchun yana bonuslar berilishi ko'zda tutilgan, deb xabar beradi La Gazzetta dello Sport.


Manba: sports.ru