“Inter” Modrichaga to'rt yillik shartnoma taklif qilmoqda

7 avg 2018, 07:41
“Inter” o'z safiga “Real” yarim himoyachisi Luka Modrichni qanday shartlar asosida taklif etish rejasi oshkor etildi.

Milanliklar xorvatiyalik futbolchiga to'rt yillik shartnoma taklif etishmoqda. Shartnoma yakuniga etgach, Luka yaxshi maosh evaziga faoliyatini “Czyansu Sunin” jamoasida davom ettirishi mumkin. Shundan keyin u faoliyatini yakunlashi mumkin.

Ilgariroq “Real” Modrichni “Inter”ga qo'yib yubormasligi haqida xabarlar tarqatilgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Corriere dello Sport