

"Inter Mayami" yanvar oyida "Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronalduni xarid qilish istagida. Bu haqda jurnalist Pedru Almeyda xabar berdi.
Manbaga ko'ra, "Inter Mayami" egalaridan biri Devid Bekxem allaqachon futbolchi bilan muzokara olib borgan. Suhbat natijasi hozircha noma'lum.
Oldinroq Ronaldu klubini o'zgartirishga umid qilayotgani haqida xabar berilgan edi.



