"Inter" Jiru bilan shartnoma imzolashga yaqin

Mirjalol Normatov
4 okt 2020, 14:14
Fransiyalik futbolchi faoliyatini A Seriyada davom ettirishga yaqin.

"Corriere dello Sport" xabariga ko'ra, "Inter" "Chelsi" hujumchisi Olive Jiru bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi. 34 yoshli francuz "neradzurri"ga o'tishi borasida muzokaralar qayta boshlanishi tarafdori bo'lgan. Ayni damda Jiru shartnoma bandlarini kelishib olmoqda.

Qayd etilishicha, Milan klubi forvard uchun 3 mln evro to'laydi. Ushbu mavsumda Jiru APLning 1 o'yinida qatnashdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Corriere dello Sport