"Inter" himoyachisi "Tottenxem"ga o'tishga yaqin

Sherzod Nurmatov
4 apr 2021, 00:17
Milanning "Inter" klubi markaziy himoyachisi Milan Shkrinyar yozda "Tottenxem"da paydo bo'lishi mumkin.

"Football Insider" ma'lumotlariga ko'ra, klublar slovakiyalik futbolchining transferi borasida deyarli kelishib olishgan.

"Shporlar" bosh murabbiyi Joze Mourinyuning shaxsan o'zi "Tottenxem" mutasaddilaridan 26 yoshli futbolchini sotib olishni so'radi. 

Shkrinyar joriy mavsumda "Inter" safida 30 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urgan. Uning transfer qiymati 55 million evroni tashkil etadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Insider