"Inter" Eron terma jamoasi a'zosiga e'tibor qaratdi

Sherzod Nurmatov
8 fev 2024, 19:05
"Neradzurri"ga yangi hujumchi kerak.

"Inter" "Portu" hujumchisi Mehdi Taremi bilan shartnoma imzolash ustida ishlamoqda. Bu haqda insayder Fabricio Romano "qora-ko'klar"ning sport direktori Pero Auzilioga tayanib xabar berdi.



"Neradzurri" futbolchini tekinga olmoqchi. 31 yoshli hujumchining "Portu" bilan shartnomasi joriy mavsum oxirigacha amal qiladi va katta ehtimol bilan uzaytirilmaydi.

Oldinroq "Inter" "Napoli" yarim himoyachisi Petr Zelinski bilan kelishuvga erishishga yaqinligi ma'lum bo'lgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano