"Inter" Eriksen bilan shartnoma borasida kelishib oldi

12 yanv 2020, 00:43
"Tottenxem" yarim himoyachisi Kristian Eriksen Milanning "Inter" klubi bilan kelishuvga erishdi.

Bu haqida "La Gazzetta dello Sport" nashri ma'lum qildi. Tomonlar 2024 yilga qadar hamkorlik qilish bo'yicha kelishib olishgan. Endi "neradzurrilar" "Tottenxem" bilan kelishib olishi talab qilinadi.

"Shporlar" 27 yoshli daniyalik futbolchi uchun 20 mln evro so'ragan. "Inter" rahbariyati esa Eriksenning narxini tushirishga harakat qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: La Gazzetta dello Sport