"Inter" Bensebainiga qiziqmoqda

Alisher
5 yanv 2022
Myonxengladbaxning "Borussiya" jamoasi himoyachisi Rami Bensebaini faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Janluka Di Marcioning xabariga ko'ra, "Inter" bir necha oydan buyon jazoirlik o'yinchini kuzatmoqda.

26 yoshli futbolchining klubi bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilga qadar mo'ljallangan.

Bensebaini joriy mavsum barcha musobaqalarda 12ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/DiMarzio