"Inter" "Bavariya" futbolchisini ijaraga olmoqchi

Alisher
7 iyul 2024
"Bavariya" himoyachisi Kim Min Je Italiya chempionatiga qaytishi mumkin.

27 yoshli futbolchining xizmatlariga "Inter" qiziqish bildirmoqda. Milan klubi janubiy koreyalik o'yinchini ijaraga olmoqchi.

Kim Min Je o'tgan yilning yozidan beri nemis klubida o'ynaydi, u bunga qadar "Napoli"da o'ynagan. Himoyachi o'tgan mavsum "Bavariya" safida barcha musobaqalarda 36ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assist qayd etdi.

Futbolchining klub bilan shartnomasi 2028 yilga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport