

"Biz juda yaxshi terma jamoaga qarshi o'ynashimiz kerak. Ularning tarkibida kuchli yosh futbolchilar bor: Asensio, Lukas Vaskes, Mark Bartra yoki Morata. Ular uyda o'ynab, birinchi o'rinni saqlab qolishga urinishadi, shu sababli oson bo'lmaydi. Ammo Italiya terma jamoasiga 3 ochko kerak va durang bizga hech narsa bermaydi. Biz "Bernabeu"da g'alabaga erishmoqchimiz" - deydi Insine.
Ispaniya - Italiya uchrashuvi 2 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan 23:45da boshlanadi.



