Inestaning debyuti omadsiz bo'ldi FOTO

Mirjalol Normatov
22 iyul 2018, 18:25
"Barselona"ning sobiq yarim himoyachisi Andres Inesta "Vissel Kobe"dagi ilk uchrashuvini o'tkazdi.

34 yoshli futbolchi Yaponiya jamoasi tarkibiga erkin agent sifatida borib qo'shilgandi.

U "Shonan Bellmare" jamoasiga qarshi o'yinning 59-daqiqada zaxiradan maydonga tushirildi. Bahs J-Liganing 17-turi doirasida bo'lib o'tdi.

Uchrashuv 0:3 hisobida Inesta jamoasining mag'lubiyati bilan yakunlandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia