

29 yoshli Lionel Messi va 33 yoshli Andres Inesta "Barselona" futbolchisi sifatida 30-sovrinni qo'lga kiritishdi va bu natijaga erishgan klubning ilk futbolchilariga aylanishdi.
Ikkala futbolchining jamoaviy sovrinlari bir xil: sakkizta LaLiga chempionligi, ettita Ispaniya Superkubogi, to'rtta Chempionlar ligasidagi g'alaba, beshta Ispaniya Kubogi, uchta Yevropa Superkubogi va uchta klublar o'rtasidagi jahon chempionati sovrini.



