Immobile: "Chempionlar ligasida o'zimni sinab ko'rishni istadim"

15 okt 2014, 22:27
"Borussiya D" hujumchisi Chiro Immobile nega dortmundliklar safiga o'tganini aytib o'tdi.
"Borussiya D" men uchun eng yaxshi tanlov bo'ldi. Men o'zimni boshqa chempionatda sinab ko'rishni va kuchimni YCHLda ko'rsatishni istagandim. Dortmunddagi muxlislar shunchaki fantastika. Ular haqida ko'p eshitgandim, lekin bu darajada ekanliklarini bilmagandim.
Germaniyada hujumchi o'zini erkin his etadi. Bu yerda futbolchi taktik jihatga bog'lanib qolmagan. Ayni paytda jamoa o'zining eng yaxshi bo'lmagan davrini boshdan kechirmoqda. Ko'plab futbolchilar jarohat olishgan va ularning yo'qligi o'z so'zini aytmoqda.

Manba: soccer.ru