"Imkon" - Farg'ona viloyati chempioni!

Narzulla Saydullayev
15 okt 2019, 21:41
Bugun futbol bo'yicha Farg'ona viloyati birinchiligining 25-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

Tur doirasida Oltiariqning "Imkon" futbol klubi o'z maydonida Toshloq tumanining "Toshloq" jamoasini qabul qildi.

O'tgan turda viloyat chempionligini qo'lga kiritishgan oltiariqliklar bu turda g'alaba qozonishni uddasidan chiqdilar. Qiziqarli va keskin kurashlarga boy o'tgan mazkur bahs "Imkon" jamoasining 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakuniga etdi.

Uchrashuv yakunida rasmiy shaxslar ishtirokida chempionlarni taqdirlash marosimi va "Omadli muxlis" akciyasi tashkil etildi.

Futbol bo'yicha Farg'ona viloyati birinchiligi.
25-tur.
"Imkon" - "Toshloq" 2:1 (0:0)
Hakamlar:
Sanjar Rahmonov, Javohir Xakimov, Azizbek Isaqov
Gollar: Doston Mullajonzoda, 65 (0:1), Said Abdujabborov, 82 (1:1), Said Abdujabborov, 90+2 (2:1)


Bekzod Tolibov tayyorladi


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia