Toshloqda "Farg'ona viloyati hokimi kubogi-2025" musobaqasi start oldi

Narzulla Saydullayev
5 fev 2025, 16:23
Bugun Farg'onada ananaviy "Farg'ona viloyati hokimi kubogi" musobaqasiga start berildi.

Bu yilgi musobaqada 12 ta jamoa ishtirok etmoqda. Bugun "A" guruhidan o'rin olgan dastlabki ikkita uchrashuv bo'lib o'tdi.

"Neftchi" U-21 "Beshariq" ustidan 1:0 hisobida g'alabaga erishdi. Yagona golni 80-daqiqada Nodir Ahmadjonov penaltidan urdi.

"Navbahor-Farm" esa "Andijon" U-19 bilan bahsda irodali g'alabaga erishdi - 2:1.

6 fevral kuni "B" va "D" guruhlarida 1-tur o'yinlari bo'lib o'tadi.

1-tur
5 fevral
"A" guruhi ("Toshloq" stadioni)
11:00 "Neftchi" U-21 - "Beshariq" 1:0
Gol:
Nodir Ahmadjonov 80 penalti.

14:00 "Andijon" U-19 - "Navbahor-Farm" 1:2
Gollar:
Muhammadali Abdurashidov (11) - Davronbek Olimjonov (27), Muhammadsodiq Ibrohimov (73).

6 fevral
"B" guruhi ("Bog'dod" stadioni)

11:00 "Andijon FA" - "Bog'dodchi"
14:00 "Navbahor" U-21 - "Farg'ona FA"

"D" guruhi ("Toshloq" stadioni)

11:00 "Qo'qon-1912" U-21 - "Namangan FA"
14:00 "Neftchi" U-19 - "Andijon" U-21



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia