Ilyos Qurbonov: "Qarshida o'ynab qaytganimiz sababli tayyorgarlik ko'rish uchun bizda 1 kun vaqt bo'ldi"

Sherzod Nurmatov
4 dek 2024, 19:54
Superliga uchun o'tish o'yinidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" – "Metallurg" (1:1, penaltilar bo'yicha – 3:2) uchrashuvidan keyin bekobodliklar ustozi Ilyos Qurbonov fikrlarini bildirib o'tdi.

- O'yin haqida

- Avvalambor, "Qo'qon-1912" jamoasini Superliga yo'llanmasi bilan tabriklayman! Qiyin o'yin bo'lishini bilardik. Raqib ko'proq uzun paslar bilan o'ynaydi, kurashlarga ko'p kirishadi. Aynan shu jihatlarni inobatga olib, tayyorgarlik ko'rgandik. 4 kun oldin "Nasaf" bilan Qarshida o'ynab qaytganimiz sababli tayyorgarlik ko'rish uchun bizda 1 kun vaqt bo'ldi. Bolalarda charchoq borligi yaqqol ko'rinib turdi. 

- "Qo'qon-1912" nimaning hisobiga g'alaba qozondi deb o'ylaysiz?

- "Qo'qon-1912" standart vaziyat evaziga g'alabaga erishdi. Standartni golga aylantirishdi. Raqibda xavfli vaziyatlar ko'p bo'lmadi, ammo ishtiyoq va g'alabaga bo'lgan xohish juda yuqori edi. 

- Bazi murabbiylar penaltiga tayyorlanadi, bazilar esa yo'q. "Metallurg" seriyaga tayyorgarlik ko'rganmidi?

- Penaltilarga tayyorlangan edik. Penalti – bu lotereya, omad. Penalti vaqtida ko'proq psixologik tayyorgarlik muhim rol o'ynaydi. Bugun penaltilarda omad qo'qonliklarga kulib boqdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia