"Iltimos Pogbadan uzoqroq bo'ling"

Mirjalol Normatov
21 dek 2018, 21:09
Mourinyo MYUdan ketadigan payt yaqinlashayotganda uning Pol Pogba bilan munosabatlari juda ham yomonlashib ketgan.

Ma'lum bo'lishicha, futbolchilarning 90 foizi murabbiyga bo'lgan ishonchni yo'qotgan. Shu boisdan o'yin davomida portugaliyalikning aytganlarini qilmagan. Ularni Pol Pogba yo'ldan urgan.

Mourinyo mashg'ulotda fransiyalikka: "Meni aldayapsan. Ko'zlarimga qarab mening ortimdan g'iybat qilmayapman deganding. Biroq pichirlab faqat meni yomonlayotganingni bilaman. Sen klubni, o'zingdan yuqori turadiganlarni hurmat qilmaysan. Sen jamoaning ichidagi virussan", - deb aytgan.

Bu gaplarni u jurnalistlarning oldida ovoz chiqarib aytganini hisobga olsak, o'sha vaqtda tomonlarning munosabati buzilib ketgandi.

U vaqtlarda Pogba asosiy tarkibdan o'yinlarga tushayotgandi. Biroq shundan keyin xavbek zaxiraga mixlandi. Vaziyatlar jiddiylashib ketdi. Ma'lum bo'lishicha, Mourinyo "Liverpul"ga qarshi o'yin uning MYUdagi so'nggi bahsi bo'lishini bilgan. MYUdagi ichki muhit buzilib ketganligi uchun u "Liverpul"ga qarshi o'yindan oldingi mashg'ulotida (u MYUda so'nggi marta mashg'ulot o'tkazayotganini ham bilgan ekan) o'zi ishonadigan futbolchilariga: "Iltimos, Pogbadan uzoqroq bo'ling", deb aytgan. 

Aslida har doim murabbiy futbolchidan ustun turishi kerak.

"Liverpul" bilan o'yindan keyinoq rahbariyat Mourinyoning javobini bergan.

Iste'fo e'lon qilingan zahoti Pogba tvitterga qanday rasm joylaganini yaxshi bilasiz.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports