Ilhom Sharipov: "Dinamo" - "UzDongJu" o'yinida ikki tomonga ham oson bo'lmaydi"

Narzulla Saydullayev
20 apr 2016, 11:54
20 aprel, chorshanba kuni Birinchi Ligada 4-tur bahslariga start beriladi.

Turning markaziy o'yini Samarqandda Dinamo va Andijonning UzDongJu klublari o'rtasida bo'lib o'tadi. Ushbu uchrashuv borasida jamoamiz bosh murabbiyi Ilhom Sharipovning fikri bilan qiziqdik.

UzDongJuga qarshi uchrashuv qiziqarli va shiddatli o'tishiga shubham yo'q - deya gap boshladi Ilhom Sharipov.

Ushbu jamoa turnirning yetakchilaridan biri. O'z oldiga Oliy Ligaga chiqishni maqsad qilib qo'ygan. Tarkibi va o'yini ham ancha shakllangan. Bejizga peshqadamlar safida bormayapti. Biz ham Oliy Ligaga chiqishni maqsad qilganmiz, shunday ekan muxlislar jangavor o'yin guvohiga aylanishadi. Men o'z shogirdlarimga ishonaman. Umid qilamanki, Dinamo o'z muxlislarini chiroyli o'yin va g'alaba bilan xursand etadi - deya fikrini yakunladi Dinamo bosh murabbiyi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcdinamo.uz