Ikki karra Yevropa va bir karra Jahon chempioni futboldan ketishini e'lon qildi

Narzulla Saydullayev
24 iyun 2017, 12:40
"Real" sobiq himoyachisi Alvaro Arbeloa faoliyatini yakunlashi haqida ma'lum qildi.
– Xayrlashish vaqti keldi. O'ynashni davom ettirishga jismonan kuchim etmayapti. Asosiysi ruhiy kuchda, – deydi 34 yoshli Arbeloa Marca nashriga.

Futbolchi faoliyati davomida Ispaniya terma jamoasi safida 2010 yil Jahon chempioni, 2008 va 2012 yillarda Yevropa chempioni bo'ldi. "Real" tarkibida Ispaniya chempioni, ikki marta Ispaniya kubogi, Ispaniya Superkubogi, ikki bor UEFA Chempionlar ligasi, klublar o'rtasidagi Jahon chempionati va UEFA Superkubogida g'olib chiqdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: marca.com