Ijtimoiy tarmoq Chempionship va Gollandiya chempionatini ko'rsatish huquqini sotib oldi

Aslanov Jasurbek
22 sen 2017, 15:45
Rossiyadagi eng mashhur ijtimoiy tarmoq - "VKontakte" Gollandiya chempionati va Angliyaning Chempionship o'yinlarini ko'rsata boshlaydi.

Bu dam olish kunlari to'rtta o'yin namoyish etiladi - har bir chempionatdan ikkita bahs.

"VKontakteda borgan sari ko'proq sport translyatsiyalari amalga oshmoqda - translyatsiya egalari uchun bu mamlakatdagi eng katta auditoriya, tomoshabinlar uchun esa sevimli turnir va jamoalarni kuzatish uchun ajoyib imkoniyat. Hamkorlarimiz bilan birga rivojlanishning turli modellarini, sport kontentidan pul topishni test qilyapmiz. Homiylar jalb qilishga ham yordam beryapmiz" - deydi "VKontakte"ning marketing bo'yicha direktori Aleksandr Kruglov.

"Futbol" telekanali bosh direktori Vyacheslav Gricfeldt ham ushbu voqeaga izoh berdi.

"Telekanalimiz uchun muxlislarning qiziqishini bilib olish uchun ajoyib imkoniyat paydo bo'ldi. Interaktiv imkoniyatlar auditoriyamizning istak va murojaatlariga tezlik bilan javob qaytarishga yordam beradi. Telekanalimiz uchun doimo yangi maydonlar izlaymiz va "VKontakte" bu maqsadlar uchun juda mos tushadi" - deydi Gricfeldt.

O'yinlar jadvali:

23 sentyabr. Angliya. Chempionship

Derbi Kaunti - Birmingem Siti. 19:00. 

Aston Villa - Nottingem Forrest. 21:30. 


24 sentyabr. Gollandiya. Eredivizi

Utrext - PSV. 15:30. 

Ayaks - Vitess. 17:30.

Eslatib o'tamiz, "VKontakte" joriy mavsumdan boshlab LaLiga o'yinlarini translyatsiya qilishni boshladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com