III Osiyo o'yinlari. O'zbekiston Bahraynga 13 ta gol urdi, pley-offda Eron kutmoqda

Sherzod Nurmatov
27 okt 2025, 12:23
Bahraynda Osiyo yoshlar o'yinlari davom etmoqda.

Dilshod Rahmatov qo'l ostidagi O'zbekiston o'smirlar futzal terma jamoasi musobaqa 3-turida mezbon Bahrayn bilan ro'baro' kelib, 13:0 hisobida zafar quchdi. Endi milliy jamoa pley-offda Eron bilan to'qnash keladi.

Bahrayn-2025. III Osiyo o'yinlari

"A" guruhi. 3-tur

Isa taun shahri. "Xalifa sport shaharchasi" sport majmuasi

Bahrayn – O'zbekiston 0:13

Gollar: Abdulboriy Ilyosov (3 ta), Nizomidin Ziyohiddinov (4 ta), Aziz Jaloliddinov, Izzat Aytbaev (2 ta), Timur Kallibekov, Izzatilla G'ulomov (2 ta)


Pley-off bosqichiga chiqqan jamoalar:

Afg'oniston – Tailand

Eron – O'zbekiston

Uchrashuvlar 28 oktyabr kuni bo'lib o'tadi. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia